Lidlaringiz yoʻqolmasin
amoCRM, MoySklad va telefoniyani bir tizimga bogʻlash, sotuv jarayonini avtomatlashtirish.
Toshkent · Oʻzbekiston
Brevan Parfums hammuassisi Operatsiya, moliya va texnologiya
Texnologiyadan biznesga. Operatsiyadan CEOʼlikka.
Dasturchi boʻlib boshlaganman. Bugun premium parfyumeriya brendini boshqaraman: shourumlar, onlayn savdo, jamoa va ichki tizimlar. Keyingi bosqich — CEO darajasida oʻsish.
01 · 2021
PDP Academyʼda 11 oy oʻqidim. Keyin yarim yil davomida bilimimni mustahkamlab, Fastech kompaniyasida Software Developer boʻlib ishladim.
02 · Koreya
Janubiy Koreyada 2 yil Business Administration yoʻnalishida tahsil oldim. Texnik fikrlashning ustiga biznes fikrlashi qoʻshildi.
03 · Bugun
Hammuassis. Operatsiya, moliya va texnologiya menda: 2 ta shourum, brevan.uz onlayn doʻkoni, 15+ kishilik jamoa va call-markaz, CRM hamda avtomatlashtirish tizimlari.
04 · Keyingi
Marketing, strategiya va odamlarni boshqarishni chuqur oʻrganyapman. “Marketing Maksimum” kursi — shu yoʻlning bir qismi.
2
shourum: Chilonzor va Oqqoʻrgʻon
275+
ifor katalogimizda
15+
kishilik jamoa va call-markaz
1
oʻz brendimiz: Brevan Originals
amoCRM, MoySklad va telefoniyani bir tizimga bogʻlash, sotuv jarayonini avtomatlashtirish.
Jamoa, jarayonlar, KPI va yangi xodimni ishga moslashtirish tizimi — amaliyotdan olingan tajriba.
Hisobot va tahlil, kontent tayyorlash, qoʻngʻiroqlarni tahlil qilish — koʻrgazma uchun emas, ish uchun.
Hamkorlar va xodimlar uchun premium parfyum sovgʻalari, brendingiz darajasiga mos.
Klokk: davomat va intizomni nazorat qilish tizimi. Oʻzimiz qurdik, oʻzimiz ishlatamiz.
Kuchli marketolog, SMM va targetologlar — Brevan bilan hamkorlik uchun
Franshiza qurgan yoki qurayotgan tadbirkorlar
Rahbarlik tajribasiga ega insonlar — suhbat va maslahat uchun
Korporativ sovgʻa kerak boʻlgan kompaniyalar
Texnologiya bilan biznesni bogʻlaydigan loyihalar
Yuqoridagilardan biri sizga tegishli boʻlsa — yozing. Odatda bir kun ichida javob beraman.